“Asirlikda hayvonlarning xulq-atvorini boshqarish”

“Asirlikda hayvonlarning xulq-atvorini boshqarish”

2023-yilning 8-noyabrdan 13-noyabrga qadar Toshkent hayvonot bog‘ida Moskva hayvonot bog‘i akademiyasining “Asirlikda hayvonlarning xulq-atvorini boshqarish” dasturi bo‘yicha xodimlar malakasi oshirmoqda.

Kursni ilmiy tadqiqot sektori mudiri, zoopark xodimlari malakasini oshirish kurslari kuratori, biologiya fanlari nomzodi Yelena Neprintseva olib bormoqda.

Trening davomida biz quyidagi masalalarni ko'rib chiqmoqdamiz:
- hayvonlar bilan malakali o'zaro munosabatlarning asosiy qoidalari;
- veterinariya mashg'ulotlari asoslarini o'rgatish: yo'lbars misolida - himoyalangan aloqada, o'rmon mushuklari misolida - bevosita aloqada;
- qiyin vaziyatlarda ishlash texnikasi bilan tanishish: qo’rqoq va/yoki a’loqaga  kirishmaydigan hayvonlar (sher misolida);
- saqlash sharoitlarini boyitish dasturlarini ishlab chiqish va boshqalar.

Shuningdek, bizning mehmonimiz akademiya rahbari Irina Rabotnova bo'ldilar.