Kecha, 13-avgust kuni Toshkent hayvonot bog‘ida tashrif buyuruvchilarimiz uchun o‘zgacha ekskursiya bo‘lib o‘tdi.
Kecha, 13-avgust kuni Toshkent hayvonot bog‘ida tashrif buyuruvchilarimiz uchun o‘zgacha ekskursiya bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar hayvonot bog‘ini boshqa tomondan ko‘rish, odatda mehmonlar uchun yopiq bo‘lgan bo‘limlarga tashrif buyurish va ayrim hayvonlarni odatdagi tashrifdagidan ancha yaqindan ko‘rish imkoniga ega bo‘lishdi. Ekskursiyani Wild Life Care boshqaruv kompaniyasi direktor o‘rinbosari Akmal Qurbonov olib bordi. U hayvonot bog‘i faoliyati qanday tashkil etilgani, uning ichki hayotini ko‘rsatdi hamda hayvonlarimiz va ularga kundalik g‘amxo‘rlik haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi. Ushbu kunni biz bilan birga o‘tkazgan barchaga rahmat!
