«Vivarium» bo‘limi

«Vivarium» bo‘limi sayr qilish va yoqimli taajjub uchun emas, u — yirtqich hayvonlar, shu jumladan suv qushlarining salomatligi va oziqlanishi uchun.



Aynan shu bo‘limda kalamushlar, sichqonlar, quyonlar, dengiz cho‘chqachalari ko‘paytirilib, yirtqichlar uchun ozuqa bazasi sifatida foydalaniladi.

Bu kimlargadir shafqatsizdek tuyulishi mumkin, ammo bu tabiatdagi fauna vakillarining oziqaviy zanjiri hisoblanadi. Agar oqsilga  muhtoj yirtqich oziqlantirilmasa, ovqat hazm qilish tizimidagi muammolar tufayli u nobud bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, «Vivariy» bo‘limida havo aylanishini ta’minlovchi shamollatish tizimi mavjud. Chunki bu yerda yashovchi jonivorlarga o‘ziga xos iqlim kerak — taxminan 18°C harorat.