Andreyga ushbu foydali ish uchun rahmat
Endi Toshkent hayvonot bog‘ida sayr qilish eshitishida qiyinchiligi bo‘lgan mehmonlarimiz uchun ham yanada qulayroq Hayvonlar haqidagi axborot taxtachalariga QR-kodlar joylashtirildi. Kodni skaner qilsangiz, hayvonot bog‘i xodimi Andrey jonivorlar haqida imo-ishora nutqida hikoya qiladigan videoga o‘tasiz. Shu tariqa bog‘imiz jonivorlari bilan tanishish yanada qulay va hamma uchun ochiq. Andrey ishtirokidagi videolarni YouTube kanalimizda ham ko’rishingiz mumkin. Andreyga ushbu foydali ish uchun va hayvonot bog‘imizni yanada qulay qilishga qo‘shayotgan hissasi uchun rahmat
