- En
- Ru
- Uz
Bepul ekskursiyaga taklif qilamiz!
13-avgust kuni soat 10:00 da Toshkent hayvonot bog‘ining ichki hayoti bo’ylab bepul ekskursiyaga taklif qilamiz! Siz ozuqalar qanday qabul qilinishi va saqlanishi, hayvonlarni oziqlantirish jarayoni qanday o‘tishi bilan tanishasiz. Shuningdek, odatiy tashrif buyuruvchilar uchun yopiq hududlarga kirib, o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin. Jami 20 ta joy Ekskursiya bepul (faqat hayvonot bog‘iga kirish chiptasi to‘lanadi) Faqat 18 yoshdan kattalar uchun Ro‘yxatdan o‘tish uchun: +998 71 289 16 01 Joylar soni cheklangan, oldindan ro‘yxatdan o‘tish majburiy.
