Bo’rilarga yangi volyer juda ham yoqdi!

Bo’rilarga yangi volyer juda ham yoqdi!

Bo’rilarga yangi volyer juda ham yoqdi! Iga, Bonya va Liza laqabli bo’rilar endi keng, qulay va chiroyli, yam-yashil, shinam volyerlarda yashaydilar. Yangilangan volyerlarda yayrab yurgan hayvonlarni kuzatish juda ham maroqli! Har bir detal jonivorlarni qulayligi uchun, tashrif buyuruvchilarni estetik zavq olishlari uchun puxta o’ylab chiqilgan. Eski volyerlar ertaknamo tarzda yangi qiyofaga kirdi:

-O’tli gilamlar: endilikda volyer yuzasi yumshoq, tabiiy o’t bilan qoplandi! -Yashirinish uchun qulay burchaklar: qiziquvchan nigohlardan yashirinishni istagan bo’rilarga maxsus burchaklar bor!

-Suv muolajalari: Issiq kunlarda tetiklantiruvchi favvoralar, sharsharalar va hovuzlar salqinlik bahsh etib turadi. -Ikkinchi qavat: o’tli gilam bilan qoplangan yangi qavat - faol o’yinlar va izlanishlar uchun ajoyib joyga aylanishi aniq. -Tabiyat bilan hamnafas: O’tlar, toshlar va suv uyg’unligi haqiqiy sokin va tinch atmosferani yaratdi.

-Hayvonlar uchun qulayliklar: Puxta o’ylangan volyer loyihasi bo’rilarga erkin harakat qilish imkonini beradi. -Yoqimli kuzatuvlar: Siz esa hayvonlar hatti xarakatlarini maroq bilan kuzata olasiz. Barchangizni bo’rilarni tomosha qilish uchun Toshkent hayvonot bog’ida kutib qolamiz!