Bugundan boshlab primatlar bo‘limining qishki pavilyoni rejadagi dezinseksiya ishlari sabab vaqtincha yopiladi.

Dezinseksiya ishlari uch kun davom etadi. Ishlov berish vaqtida hayvonlarning bir qismi karantin zonasiga ko‘chiriladi, ayrim primatlar esa yozgi volyerlarida bo‘ladi. Shu sababli ularni ochiq hududda ko‘rishingiz mumkin. 

Hayvonlarni ko‘chirish — dezinseksiya ishlari ular uchun xavfsiz tarzda o‘tkazilishini ta’minlash uchun zarur chora.

Eslatib o’tamiz: hayvonot bog‘ining boshqa bo‘limlari odatdagi tartibda ishlaydi va tashrif buyuruvchilar uchun ochiq. 

Primatlar bo‘limining qishki pavilyoni qayta ochilgani haqida ijtimoiy tarmoqlarimizda qo‘shimcha ma’lumot beramiz. 

Tushunganingiz uchun rahmat!