Jo‘rchi qushlar haqida qiziqarli faktlar.

Jo‘rchi qushlar haqida qiziqarli faktlar.

Jo‘rchi —  «salbiy» reputatsiyaga ega qush. Shunga qaramay, jo‘rchilar atrof-muhitning muhim qismidir. Ular tabiatning chinakam sanitarlaridir, chunki ular o‘limtik bilan oziqlanib, jiddiy kasalliklar tarqalishining oldini oladi.

Biroq, bu mazkur qushlar haqidagi qiziqarli faktlarning hammasi emas:

Qadimgi misrliklar jo‘rchilarni g‘amxo‘r ona deb hisoblagan, shuning uchun ular onalik va mehrning timsoli bo‘lgan;

Boshqa yirtqichlardan farqli o‘laroq, jo‘rchilar yetarli darajada ijtimoiylashgandir. Ular ko‘pincha gala bo‘lib yashaydi, birgalikda parvoz qilib, oziqlanadi;

Ular o‘ta kuchli ko‘rish va hid sezish qobiliyatiga ega. Bular 2 km dan ortiq masofadan ham ozuqani topishda yordam beradi;

Jo‘rchilarda tabiiy dushmanlar deyarli yo‘q. Ular boshqa yirtqichlar uchun yetarli darajada jozibador emas;

Jo‘rchilar aqlli qushdir. Ozuqani topish uchun ular turli jismlardan foydalanishadi. Masalan, tuyaqush tuxumini chaqish uchun toshlarni qo‘llashadi. Darvoqe, bizning jo‘rchilardan biri ham bu vazifani osongina, birinchi martadan uddaladi! U hayvonot bog‘ida 19 yildan beri yashab kelayotganiga qaramay, tug‘ma ko‘nikmasi ish berdi!

Hamda eng muhim fakt — hayvonot bog‘ida 4 ta jo‘rchi qush yashaydi. Ulardan ikkitasi 2003-yildan beri biz bilan yashaydi. 2017-yilda bizga yana 2 ta jo‘rchi qo‘shildi — biri tabiiy sharoitlarda qutqarib olindi, ikkinchisini Navoiy shahridagi xususiy hayvonot bog‘idan musodara qilishgan.

Ushbu ajoyib qushlar bilan tanishish uchun tashrifingizni kutib qolamiz.