- En
- Ru
- Uz
Noodatiy mushuklar, yoki qamishzor mushuklari haqida siz bilmagan 6 ta fakt.

Hammamizning jonu dilimiz bo‘lgan momiq uy mushuklaridan tashqari, tabiatda qamishzor mushuklari ham mavjud. Ular ham juda yoqimtoy, lekin oddiy mushuklardan taxminan ikki baravar katta va ko‘rinishidan silovsinni eslatadi. Bundan tashqari, qamishzor mushuklari haqida ko‘plab qiziqarli ma’lumotlarni bilib olish mumkin. Bugungi faktlarimizni o‘qisangiz kifoya:
Kamishzor mushugining bolalari junida yorqin rangli naqshlar bilan tug‘iladi, ular voyaga yetishi barobarida naqshlar rangi ocharib ketadi;
Mo‘yqalamchasimon quloq uchlari, baland oyoqlari va uzun bo‘lmagan dumi sababli ular yovvoyi silovsinga o‘xshab ketishadi. Aynan shu jihati uchun qamishzor mushuklari ikkinchi — botqoq silovsini nomini olishgan;
Bu mushuklarning eshitish qobiliyati juda yuqori, ovozi esa bo‘g‘zidan chiqadi. Huddi chinakam qo‘shiqchilarnikidek;
Ular faol turmush tarzini yuritishadi. Suzishni va suvga boshi bilan sho‘ng‘ishni yaxshi ko‘rishadi. Mazza qilib, baliq tutishadi;
Qamishzor mushuklari — yakka jonivorlar bo‘lib, faqat ko‘payish uchun bir-biriga uchraydi;
Qadimgi Misr aholisi qamishzor mushuklarini uy hayvonlari sifatida boqishgan: suvda suzuvchi o‘ljaga ov qilishda bu yirtqichlarning tengi bo‘lmagan.
Yana bir fakt — qamishzor mushuklari Toshkent Hayvonot bog‘ida ham bor. Ularni ko‘rishni istasangiz, xohlagan kuningizda mehmonga keling.