Sariq ilon kaltakesak
Anguidlar oilasiga mansub katta oyoqsiz kaltakesak bo'lib,uning yashash hududi Janubi-Sharqiy Evropa, O'rta va Janubi-G'arbiy Osiyoni qamrab oladi. Jonivorning uzunligi 1,5 m gacha bo'lishi mumkin shuning uchun sariq ilon kaltakesakni ko'pincha ilon bilan yanglishtirish mumkin. Uning ilondan asosiy farqlari-ko'zlar ustida harakatlanuvchi ko'z qovoqlari mavjudligi. Sariq ilon kaltakesaklar asosan mollyuskalar (ayniqsa salyangozlar) va turli xil hasharotlar, shuningdek mayda kemiruvchilar, qurbaqalar, ilonlar, boshqa kaltakesaklar, jo'jalar va qushlarning tuxumlari bilan oziqlanadi. Ko'p sonli mayda kemiruvchilarni iste'mol qilish orqali ular qishloq xo'jaligiga katta foyda keltiradi.
Yozning boshida sariq ilon kaltakesak nasl beradi. Urg'ochisi 8-10 dona tuxum qo'yadi va ularni himoya qiladi. Sariq ilnsmon kaltakesak to'rt yoshida jinsiy etuklikka erishadi. Bu vaqtga kelib, tanasning va kattaligi tug'ilish vaqtiga nisbatan uch baravar kattalashadi. Umumiy umr ko'rish muddati o'ttiz yil bo'lishi mumkin.