Siz buni juda uzoq kutdingiz…

Siz buni juda uzoq kutdingiz…

Siz buni juda uzoq kutdingiz… Va nihoyat bu kun ham keldi. Bugun Toshkent hayvonot bog‘ida lemurlar uchun yangi yozgi volyer ochildi. Hozir boshqa yozgi volyerlarda ham tayyorgarlik ishlari davom etyapti. Yaqin kunlarda ularga boshqa primatlar ham bosqichma-bosqich joylashtiriladi.  Endi lemurlarimiz uchun yanada kengroq va qulayroq sharoit yaratildi. Volyer ichida tirmashish, sakrash va o‘ynash uchun maxsus joylar tayyorlangan — hammasi ularning o‘zini erkin va qulay his qilishi uchun. Yangilangan volyerni birinchilardan bo‘lib ko‘rish va farzandlaringiz bilan maroqli vaqt o‘tkazish uchun albatta Toshkent hayvonot bog‘iga keling! Va sizlar uchun yana bir zo‘r yangiligimiz bor… lekin bu haqida keyingi postda aytamiz.