- En
- Ru
- Uz
Suv qushlari
Suvda suzadi, lekin qush deb ataladi. ⠀
Kimni nazarda tutyapmiz? Ha, suv qushlarni. ⠀
Toshkent Hayvonot bog‘ida 30 turdagi suv qushlar mavjud. Ularning orasida — katta qorabuzov, ziynatli ibislar, oq turna (sterx), sohibjamol turna, yapon turnasi — vishildoq oqqush, qora oqqush, karolinka, kvakva, mandarinka, qizilg’oz (flamingo), oq yanoq kazarka, tog‘, kulrang va oq g‘ozlari, muskus o‘rdaklar, pushti saqoqush va boshqalar. Hayvonot bog'ida 17 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan zootexnik Botir Hamidovning so'zlariga ko'ra, ularning dayarli barchasi suvda suzadi va issiqlikni sezmaydilar, chunki ularga 24/7 salqinlik kafolatlanadi. Bundan tashqari, ularning volerlarida, ularni issiqdan himoya qiladigan daraxtlar o'sadi. - Hayvonot bog'ida suv qushlarining vakillari tobora ko'payib bormoqda,- аytadi Botir. - Ular o'z avlodlarini ko'paytirmoqdalar, ularga hech narsa tahdid solmaydi. Dunyoda ularning soni ovchilik, shu jumladan brakonerlik, texnogen ofatlar va shunchaki insonning iqtisodiy faoliyati tufayli sezilarli darajada kamayadi.