Toshkent hayvonot bog‘i mutaxassislari 23–24 sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan PRO PLAN Partners 2026 xalqaro veterinariya forumida ishtirok etmoqda.
Toshkent hayvonot bog‘i mutaxassislari 23–24 sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan PRO PLAN Partners 2026 xalqaro veterinariya forumida ishtirok etmoqda. Forum O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilmoqda va veterinariya mutaxassislarini tajriba almashish, yangi bilimlar olish hamda kasbiy rivojlanish uchun bir maydonga jamlamoqda. Forum ishtirokchilari orasida Toshkent hayvonot bog‘ining bosh veterinariya shifokori Mahmud Qo’ziboyev ham bor. Tadbir doirasida Qozog‘iston va Rossiyadan tashrif buyurgan yetakchi mutaxassislar tomonidan ma’ruzalar va mahorat darslari o‘tkazilmoqda. Bunday professional tadbirlarda ishtirok etish mutaxassislarimizga hayvonlarni tashxislash va davolashning zamonaviy usullari bilan tanishish, hamkasblar bilan tajriba almashish hamda malakasini oshirish imkonini beradi.
