Toshkent hayvonot bog'idan ajoyib yangiliklar!

Bizning hududimizda, Isroilning «Negev» hayvonot bog'i tavsiyasiga binoan, bizning beshta gamadrilimiz uchun yangi yozgi volyer qurilishi deyarli yakuniga yetdi.
Bu ajoyib jonivorlar aynan shu hayvonot bog'idan 2023-yil yozining boshida olib kelingan.
Ochiq volyer gamadrillarning qulay turmushi uchun yaratilgan. Bu yerda ular o'zlarini tabiiy istiqomat muhitida bo‘lgani kabi his qilishlari uchun barcha zarur sharoitlarni topadilar.
Qoyalarni imitatsiya qilgan balandliklar, gamaklar, arqonlar, shinalar, ko‘plab daraxtlar, katta novdalar, xodalar va boshqa turli xil moslamalar gamadrillar kundalik hayotini iloji boricha qiziqarli qilish uchun o'rnatilgan. Va eng muhimi - ular shu orqali o'z ko‘nikmalarini yo'qotmaydi va hatto ularni ajoyib tarzda rivojlantira oladi.
Gamadrillar tabiatan faol va qiziquvchan jonivorlardik, shuning uchun hayvonot bog'i jamoasi ular uchun zarur bo'lgan hamma narsani ta'minlashga harakat qildi. Volyer ularning ehtiyojlarini qondirish uchun maxsus ishlab chiqilgan bo'lib, ular erkin harakatlanishi va o‘zlarining yangi hududlarini o'rganishi mumkin edi.
Agar siz bizning hayvonot bog'imizni rivojlantirishga va yangi volyerda qulaylik yaratishga hissa qo'shmoqchi bo'lsangiz, kir yoyadigan arqonlardan yasalgan o‘yinchoqlar, bo‘zdan yoki tabiiy daraxt tolalaridan to‘qilgan qoplar, shuningdek, oddiy hakalar va g‘urra mevalarni baham ko‘rishingiz mumkin — ular, albatta, gamadrillarning hayotini yanada zavqli qiladi!
Yelim va boshqa o'tkir yoki xavfli buyumlar hayvonlarga zarar yetkazishi mumkin, o'yinchoqlarni yasashda ulardan foydalanmang.