Vladimir Ivanovich Golovanov yorqin xotirasi

Vladimir Ivanovich Golovanov yorqin xotirasi

Bugun hayotdan Vladimir Ivanovich Golovanov o’tdi. Yuksak insoniy fazilatlarga ega, o‘z ishini sidqidildan bajargan, veterinar xizmatining veterani, mehribon ustoz va zamonasining chinakam qahramoni edi.

U bolaligida urush va ocharchilikning og‘ir sinovlarini boshidan kechirgan, bolalar uyida ulg‘aygan. Yoshligidanoq mustahkam irodasi, mehribonligi va insoniyligi bilan ajralib turgan. Uning hayot yo‘li — Pyatigorskdagi bolalikdan boshlab O‘zbekiston Veterinariya Bosh boshqarmasi rahbarining o‘rinbosarigacha bo’lgan faoliyati — kasbiga bo‘lgan sadoqat va jonivorlarga cheksiz mehr-muhabbat namunasi bo‘ldi.

Vladimir Ivanovich hayotining deyarli 20 yilini Toshkent hayvonot bog‘iga bag‘ishladi. U yerda ilmiy-ma’rifiy bo‘limni boshqargan va tirik tabiatni asrashga, jamiyatda hayvonlarga nisbatan hurmat va e’tibor shakllantirishga butun qalbi bilan ishonib, shu yo‘lda mehnat qilgan.

Kasbiga sadoqati va uzoq yillik xizmatlari uchun “Do’stlik” ordeni bilan taqdirlangan edi.

Veterinariya sohasida 71 yil ishlagan Vladimir Ivanovich o‘zidan katta mehnat merosi va u bilan ishlagan, tanishgan har bir inson qalbida iliq xotiralar qoldirdi.

Toshkent hayvonot bog‘i jamoasi marhumning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Xotirasi abadiy, ruhi shod bo‘lsin.